🎬 Dars davomatini olish — video qo'llanma
Telegram bot va sayt orqali davomat olish tartibi. Ikkala usulda qoidalar bir xil.
⏱ Asosiy qoidalar
- Davomat dars boshlanishidan 5 daqiqa oldin ochiladi.
- Dars boshlangandan keyin 15 daqiqa ichida davomatni ochib oling, aks holda u qulflanadi (faqat mas'ul xodim yordam beradi).
- Ochilgan davomatni para tugaguncha belgilab, yakunlang.
- Yakunlangach belgilanmagan talabalarga avtomatik NB qo'yiladi va davomat qulflanadi — keyin o'zgartirib bo'lmaydi.
- Botda olingan davomat saytda ham ko'rinadi — ikki marta olish shart emas.
🤖 Telegram bot
- Botda telefon raqamingiz bilan ro'yxatdan o'ting — o'qituvchi paneli avtomatik ochiladi.
- Bugungi darslar ro'yxatidan darsni bosing: 📋 — ochiq, ⏳ — vaqti kelmagan, 🔒 — olingan.
- Talabalarni belgilang (tez usul: hammani «keldi», keyin kelmaganlarni o'zgartiring).
- «Yakunlash» tugmasini bosing.
🌐 Sayt (my.asman-hemis.uz/teacher)
- Login va parol bilan kiring (yoki botdagi «🧑🏫 O'qituvchi Portali» tugmasi).
- Dars kartasini oching, har talaba uchun «Bor» / «Yo'q» / «Sababli» ni bosing.
- «Saqlash va yakunlash» — davomat tasdiqlanadi va qulflanadi.
📱 QR usuli (saytda)
- Dars kartasida «📱 QR Kod» ni bosing; «📺 Proyektor» — katta ekran uchun.
- QR kod har 30 soniyada yangilanadi, talabalar uni skanerlaydi.
- Dars oxirida «⏹ Davomatni yopish» ni bosing.