🎬 Darsda davomatdan o'tish — video qo'llanma
O'qituvchi ekranidagi QR kodni Telegram bot (Talaba Portali) yoki telefon kamerasi orqali skanerlab davomatdan o'tish tartibi.
⏱ Asosiy qoidalar
- O'qituvchi dars boshida ekranda (proyektorda) QR kod ko'rsatadi.
- QR kod har 30 soniyada yangilanadi — skanerlagach darhol tasdiqlang.
- Faqat o'z guruhingiz darsida davomatdan o'ta olasiz.
- Davomat faqat dars vaqtida qabul qilinadi. Bir marta o'tsangiz yetarli.
- Botdagi Talaba Portali orqali o'tish uchun avval talabaligingizni tasdiqlang («🔑 Parolni olish» yoki «Talabalikni tasdiqlash»).
🤖 1-usul: Telegram bot
- Botda «📱 Talaba Portali (Mini App)» tugmasini bosing.
- «Davomat» bo'limini oching.
- «QR kodni skanerlash» tugmasini bosing va kamerani ekrandagi QR kodga qarating.
- «✅ Davomat belgilandi» xabari chiqsa — tamom.
📷 2-usul: Telefon kamerasi
- Telefon kamerasini ekrandagi QR kodga qarating va chiqqan havolani bosing.
- Ochilgan sahifada «Talaba ID yoki Pasport raqamingiz» ni kiriting (QR kod maydoni avtomatik to'ldiriladi).
- «✅ Davomatdan o'tish» tugmasini bosing — 30 soniya ichida!
- «🎉 Davomat qabul qilindi» chiqsa — tamom.
⚠️ Xato chiqsa
- «QR kod eskirgan» — ekrandagi yangi kodni qaytadan skanerlang.
- «Rad etildi! … guruhlari uchun» — bu sizning guruhingiz darsi emas.
- «Dars hali boshlanmagan» / «vaqti tugagan» — davomat faqat dars vaqtida qabul qilinadi.
- «Davomat yopilgan / qulflangan» — o'qituvchi yoki mas'ul xodimga murojaat qiling.
- «Ro'yxatda emassiz» — ID/pasportni tekshiring yoki talabalikni tasdiqlang.